» » Jizzaxda tug‘ilgan kunda koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli otaxon vafot etdi

Jizzaxda tug‘ilgan kunda koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli otaxon vafot etdi


Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 72 yoshli bemor o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Sharof Rashidov tumanida yashovchi 72 yoshli otaxon Q.R. 2020-yil 20-iyun kuni koronavirusga chalinganlikda gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unda 25-iyun kuni koronavirus aniqlangan. SSVning avvalgi ma’lumotlari bo‘yicha, 72 yoshli otaxon o‘z tumanida o‘tkazilgan tug‘ilgan kunga borganidan so‘ng tana harorati ko‘tarilgani sababli namuna topshirgan va unda koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: Toshkentda nishonlangan tug‘ilgan kunda 13 kishi koronavirus yuqtirdi

Bemorga koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-darajasi tashxisi, shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet og‘ir kechishi qo‘shimcha tashxisi ham qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

So‘nggi kunlarda nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Kun davomida Buxoro viloyatida ham 58 yoshli ayol koronavirus asoratlaridan vafot etgandi. O‘zbekistonda ikkinchi kun ketma-ket koronavirusdan vafot etayotganlar soni ikki nafarni tashkil etmoqda.

Bu Jizzaxda koronavirusdan ilk o‘lim holati bo‘ldi. Jizzaxlik otaxon O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 24-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 23 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют