» » Yirik kompaniyalar AQShdagi noroziliklardan so‘ng Facebook’da reklama berishdan bosh tortdi

Yirik kompaniyalar AQShdagi noroziliklardan so‘ng Facebook’da reklama berishdan bosh tortdi


Anti-Defamation Liga (ADL — AQShdagi inson huquqlari bo‘yicha tashkilot) Facebook’ni boykot qilishga chaqirganidan so‘ng yirik kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlarda reklama berishdan bosh tortdi, deya xabar berdi Meduza.

Iyun oyining o‘rtalarida ADL Stop Hate aksiyasini boshladi. Tashkilot AQShda politsiyaning zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida yirik kompaniyalarni reklama xarajatlarini kamaytirishga chaqirdi.

Xususan, tashkilot kompaniyalarga Facebook’ga beriladigan reklamalarni keskin kamaytirish taklifini bergan.

Qayd etilishicha, iyun oyi oxirida 90 dan ortiq kompaniya Facebook’da reklama berishni to‘xtatdi. Jumladan, Starbucks, PepsiCo Inc., Diageo Plc, Verizon kabi kompaniyalar ijtimoiy tarmoqda reklama berishni to‘xtatganini e’lon qilgan.

Yirik kompaniyalar boshqa platformalarda ham reklama berishni rad eta boshladi. Masalan, Coca-Cola 1-iyuldan boshlab barcha ijtimoiy tarmoqlarda reklama berishni kamida 30 kunga to‘xtatishini ma’lum qildi.

Unilever (Lipton, Dove, Calve brendlari orasida mahsulotlar va maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniya) 27-iyun kuni Facebook, Instagram va Twitter’da hech bo‘lmaganda yilning oxirigacha reklama berishdan bosh tortayotganini ma’lum qildi.

Unilever ushbu qarorni e’lon qilinganidan keyin Facebook aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi va kompaniya asoschisi Mark Sukerberg bir kunda 7,2 milliard dollar yo‘qotdi.

ADL noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashish uchun Facebook yetarli ish qilmayotganini da’vo qilmoqda. Tashkilotdan ma’lum qilishlaricha, ijtimoiy tarmoq ochiqchasiga yolg‘on siyosiy reklamalarni olib tashlashdan bir necha bor bosh tortgan.

Iyun oyi boshida Facebook AQSh prezidenti Donald Trampning norozilik namoyishlari haqidagi postini olib tashlashdan bosh tortdi. Unda “talonchilik boshlanganda otishma boshlanadi” degan so‘zlar mavjud edi.

Sukerbergning ta’kidlashicha, Facebook siyosati so‘z erkinligini maksimal darajada ta’minlaydi, shuning uchun prezident posti o‘chirilmaydi. Trampning shunga o‘xshash xabari esa Twitter’dan o‘chirildi.

Avvalroq Tramp uning postini o‘chirgani uchun Twitter’ni yopib yuborish bilan tahdid qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют