» » Sardobadagi toshqinda bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimini qidirish ishlari Qozog‘istonda davom ettirilmoqda

Sardobadagi toshqinda bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimini qidirish ishlari Qozog‘istonda davom ettirilmoqda


Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida suv toshqinida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik askarni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi “Kazinform”.

20-iyun kuni boshlangan qidiruvda Turkiston viloyati va Chimkentdan kelgan qutqaruv guruhi a’zolari hamda kinologlar ishtirok etmoqda. Ular hozirga qadar 120 kilometr masofani bosib o‘tishgan.

Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ichki va tashqi aloqalar guruhining xabariga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchisini qidirish Jenis va Janaturmis qishloqlari yaqinidagi kanallar yaqinida amalga oshirilmoqda.

Qidiruvga Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 3 qutqaruvchisi, 2 nafar kinolog xodimi, 1 nafar chegara xizmati xodimi, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 3 nafar qutqaruvchisi jalb qilingan.

Qidiruv yerusti, suv yuzasi va suvosti usullari orqali amalga oshiriladi.

“Qidiruv ishlari hozirda Jetaysay tumanida davom etmoqda. Qutqaruvchilar 27-iyundan Ataqonis ovulidan Atameken ovul okrugidagi Qog‘ali ovuliga motorli qayiq yordamida bordi. Markaziy kanalda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bu yerda qutqaruvchilar 48 kilometr masofani ko‘rib chiqdi. Biroq natija yo‘q. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokat vaqtida aholini qutqarayotgan Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgandi. Aholini evakuatsiya qilish tadbirlari vaqtida Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh komandiri, kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi, oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi, uchinchi darajali serjant Husniddin Suyarov suv toshqinida oqib ketgan.

Qidiruv natijasiga ko‘ra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 kilometr uzoqlikdagi masofada sog‘ holda topilgan. Uchinchi darajali serjant Suyarovning jasadi 3-may kuni soat 08:00 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i “Kichik Bobur” mahallasidan topilgan. Oddiy askar Hazrat Suyunovni qidirish bo‘yicha ishlar davom etayotgani aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют