» » Jastin Getji UFC chempioni Kamaru Usmon bilan sparring jangini ko‘rsatdi (video)

Jastin Getji UFC chempioni Kamaru Usmon bilan sparring jangini ko‘rsatdi (video)


Yengil vazn toifasida UFC’ning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji o‘zining Instagram’dagi sahifasiga promoushenning yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmon bilan sparring tushayotgan videoni joylashtirdi.

“Po‘lat po‘latni charxlaydi. Shunday raundlardan bir nechtasini tomosha qilish uchun qancha to‘laysiz? Usmon haqiqiy yirtqichga o‘xshaydi. Endilikda u biz bilan birga shug‘ullanishidan xursandman. Shunchaki, ikki yigit vaqtichog‘lik qilmoqda”, — deb yozib qoldirgan Getji.

31 yoshli Getjining keyingi raqibi rossiyalik Habib Nurmagomedov bo‘lishi kutilmoqda. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2020-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Getji MMA’da 24 jang o‘tkazib, shularning 22 tasida g‘olib chiqib, ikkitasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Nurmagomedov esa 28 jangda qatnashib, barchasida g‘alaba qozongan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют