» » JSST rahbari koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qildi

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tugallanish arafasida emasligi, aksincha kasallik tezlashayotganini ma’lum qildi.

“Biz barchamiz ushbu pandemiya tugashini xohlaymiz. Hammamiz o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Ammo achchiq haqiqat shuki, u hatto tugallanishga ham yaqin emas. Aksariyat davlatlar ma’lum bir yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, pandemiya aslida tezlashmoqda”, — degan u brifingda.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, Xitoydagi birinchi kasallanish holatidan boshlab olti oy davomida dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, ularning 500 ming nafari vafot etgan. “Ko‘p odamlar kasallikka moyil bo‘lib qolmoqda. Virus tarqalishi mumkin bo‘lgan hali ko‘p joylar bor”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Shu bilan birga, JSSTning yetakchi ekspertlaridan bo‘lgan Mayk Rayanning aytishicha, COVID-19’ga qarshi xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqishda ulkan yutuqlarga erishildi, ammo bu natija berishiga kafolat yo‘q.

JSST hisobotiga ko‘ra, 18-iyundan boshlab har kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 150 mingdan ortiq holat qayd etilmoqda. 28-iyun kuni dunyoda 178 ming kishi ushbu kasallikka chalingani aniqlangan.

Koronavirusga chalinganlarning eng ko‘pi AQSh, Braziliya, Rossiya, Hindiston va Buyuk Britaniya davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq JSST Yevropada karantin cheklovlari olib tashlangach, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari keskin oshganini bildirgan edi.

Mavzuga doir: JSST pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi: “Xuddi 100 yil avvalgidek bo‘ladi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют