» » Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma’lum qildi

Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma’lum qildi


Lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi COVID-19 kasalligini davolashda foydasiz. Bu haqda Britaniyaning RECOVERY klinik tadqiqoti rahbarlarining bayonotida ma’lum qilindi.

Lopinavir va ritonavir ko‘pincha immunitet tanqisligi virusini (OIV) davolashda qo‘llaniladi. Biroq tadqiqotchilar bunday dori COVID-19’ga chalingan bemorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi.

Bunday holda lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi og‘ir ahvoldagi bemorlarda sinovdan o‘tkazilmagan. Chunki bu dorini sun’iy nafas oldirish moslamalariga ulangan bemorlarga berish qiyinchilik tug‘diradi.

RECOVERY tadqiqoti mart oyidan beri o‘tkazilmoqda va unda 11,5 ming bemor ishtirok etmoqda. Tadqiqot koronavirus infeksiyasini davolashda turli dorilarning samaradorligini o‘rganadi.

Yanvar oyi oxirida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga “Kaletra” (lopinavir + ritonavirning xalqaro patentlanmagan nomi) dorisini kiritdi. Aprel oyida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, koronavirus fonida dorixonalarda ushbu OIVga qarshi dori-darmonlarga talab 15 baravar oshdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oddiy odamlar qo‘lida dori foydasiz yoki hatto zararli bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topilgan edi. Yevropa esa remdesivir dori vositasini koronavirusga qarshi davolashda sotuvga chiqargani ma’lum qilindi.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni “ilmiy yutuq” deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют