» » Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi ilk jangida amerikalikni nokautga uchratdi

Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi ilk jangida amerikalikni nokautga uchratdi


Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov kecha — 22-aprel kuni professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi va raqibini nokautga uchratdi.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi AQShning Kaliforniya shtatida mahalliy bokschi Viktor Vaskesga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning ikkinchi raundiga kelib Fazliddin G‘oibnazarovdan zarba qabul qilib olgan Vaskesga nisbatan hakam hisob ochdi va amerikalik sportchi belgilangan vaqtda o‘ziga kela olmadi.

Professional boksdagi faoliyatini uch yil muqaddam boshlagan Viktor Vaskes bunga qadar 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 7 tasida raqiblarini mag‘lub etgandi. Uch jangda u bokschilarni muddatidan avval taslim qilgan. Mana shu sportchi G‘oibnazarovning debyut jangida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin G‘oibnazarov 2015-yilgi mavsum havaskor bokschilar o‘rtasida avvaliga Osiyo, keyin esa Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2016-yil Olimpiada chempioniga aylangandi. Endilikda uning professional ringlardagi starti ham muvaffaqiyatli chiqdi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют