» » Krishtianu Ronaldu soch turmagini yana o‘zgartirdi (foto)

Krishtianu Ronaldu soch turmagini yana o‘zgartirdi (foto)


Turinning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining yangi soch turmagini ko‘rsatdi.

Suratga u “Yuventus”dagi jamoadoshi Xuan Kuadrado bilan birga tushgan.

“Yangi ko‘rinishim haqida qanday fikrdasiz, ukamnikiga o‘xshashmi?” — deb izoh qoldirgan Ronaldu Instagram’dagi sahifasida.

Ronaldu 2018-yilning yozida 117 million evaziga “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgandi. Bu mavsumda 35 yoshli hujumchi Italiya chempionatining 24 o‘yinida maydonga tushib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

“Yuventus” 28-turdan so‘ng 69 ochko to‘plagan holda A Seriyada 1-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga doir: Krishtianu Ronalduning A Seriyada gol urgan klublari soni 20 taga yetdi. U faqat bir jamoaga gol ura olmagan 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют