» » Samarqandda muruvvat tadbiri sifatida 19 juft kelin-kuyovning nikoh to‘ylari o‘tkaziladi

Samarqandda muruvvat tadbiri sifatida 19 juft kelin-kuyovning nikoh to‘ylari o‘tkaziladi


Samarqand viloyatida “Prezident e’tibori — muruvvat tadbirlarida” shiori ostida 19 juft kelin-kuyovning nikoh to‘ylari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xayriya tadbirlari doirasida har bir kelin-kuyov juftligiga Prezident sovg‘asi sifatida yotoqxona mebellari to‘plami taqdim etiladi.

Fuqarolar yig‘inlari tavsiyalariga asosan shakllantirilgan ro‘yxatga ko‘ra, 19 juft kelin-kuyov joylardagi FO‘DYo bo‘limlaridan imtiyozli ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va to‘y kuni ularga nikoh guvohnomasi tantanali topshiriladi. To‘yga qadar viloyat mehnat boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan oila qurayotgan 19 juft yoshlarning bandlik holati o‘rganiladi va ish bilan ta’minlash masalasi ham hal etiladi.

Nikoh to‘yi Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilanib, barcha kelin-kuyovlar shahardagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiladi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют