» » “Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilarning reytingi yangilandi. Lionel Messi kuchli uchlikda yo‘q

“Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilarning reytingi yangilandi. Lionel Messi kuchli uchlikda yo‘q


Buyuk Britaniyaning Goal nashri “Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni hamon “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski boshqarmoqda. Ikkinchi pog‘onaga “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu (4-o‘rindan) ko‘tarilgan bo‘lsa, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne kuchli uchlikka yakun yasab bergan.

Qayd etish joiz, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi kuchli uchlikni tark etib, bir pog‘ona pastlagan.

Nashr talqiniga ko‘ra “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi 10 nafar futbolchi:

1 (1). Robert Levandovski (“Bavariya”);

2 (4). Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”);

3 (2). Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”);

4 (3). Lionel Messi (“Barselona”);

5 (5). Tomas Myuller (“Bavariya”);

6 (8). Karim Benzema (“Real”);

7 (6). Neymar (PSJ);

8 (7.). Erling Holand (“Borussiya D”);

9 (9). Kilian Mbappe (PSJ);

10 (10). Jeydon Sancho (“Borussiya D”);

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda mazkur sovrinni Lionel Messi qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют