» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 650 mingga yaqinlashdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 650 mingga yaqinlashdi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 6693 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabning 30-iyun kuni bergan ma’lumotiga tayanib.

Bir kun avval sutka davomida 6719 kishi koronavirusga chalingani xabar qilgandi. Mamlakatda umumiy hisobda 647 849 kishida koronavirus qayd etilgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha Moskva shahri (745 kishi), Moskva viloyati (301 kishi), Xanti-Mansisk avtonom okrugi (279 kishi) yetakchilik qilmoqda.

Rossiyada koronavirus oqibatida vafot etgan bemorlarning umumiy soni 9320 kishiga yetdi, so‘nggi bir sutka ichida 154 kishi kasallik qurboniga aylandi. Tuzalganlarning umumiy soni esa 412 650 kishini tashkil qilmoqda, so‘nggi sutkada bemorlarning 9220 nafari sog‘aygan.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha sutka davomida 228 mingta, umumiy hisobda esa 19,5 millionta test o‘tkazilgan.

Rossiyada kunlik aniqlanayotgan yangi kasallanish holatlari sonining kamayayotgani kuzatilmoqda. Xususan, 29-iyun kuni 6719 kishida, 27-iyunda 6 852 kishida, 25-iyunda esa 7176 kishida virus qayd etilgan.

Avvalroq JSST rahbari aksariyat davlatlar ma’lum bir yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini aytgani xabar berilgan edi.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют