» » Nukus davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 ming dollar olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Nukus davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 ming dollar olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi


Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.S. o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3000 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u xizmat mavqeyidan foydalangan holda fuqaro T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3000 dollar talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan prokuratura, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bu pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro muhandislik texnologiya instituti dekan o‘rinbosari M.A. va Toshkent Davlat irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. ham pora bilan qo‘lga olingan.

Ular O.ni Moskva davlat radio elektronika va radio texnika institutiga o‘qishga kirishi uchun onlayn tarzda bo‘ladigan test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 2 500 dollari talab qilib, shundan 1 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Farmonga ko‘ra, korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minot yaratiladi.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют