» » APL chempionligi uchun da’vogar “Chelsi” “Tottenhem”ni taslim qilib, kubok finaliga chiqdi

APL chempionligi uchun da’vogar “Chelsi” “Tottenhem”ni taslim qilib, kubok finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha Angliya kubogining finalida to‘p suradigan birinchi jamoa nomiga oydinlik kiritildi — “Chelsi”.

“Aristokratlar” yarim finalda APL chempionligi uchun jiddiy kurash olib borayotgan “Tottenhem” bilan to‘qnash kelib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Villian “Chelsi”ni ikki bor hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, avvaliga Keyin, keyiroq esa Alli muvozanatni tiklashga erishdi. Shundan keyin Antonio Konte ikki asosiy kuch — Diyego Kosta hamda Eden Azarni maydonga tushirishga qaror qildi.

Bu o‘zgarish o‘zini oqladi. Azar avvaliga “shporlar” darvozasiga uchinchi golni urgan bo‘lsa, keyinroq to‘rtinchi golga pas berdi.

Bugun yarim finalning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda “Arsenal” Gvardiolaning “Manchester Siti”siga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Angliya kubogi
Yarim final
22-aprel, shanba

Gollar: Villian, 5 (1:0). Harri Keyn, 18 (1:1). Villian, 43-pen (2:1). Dele Alli, 52 (2:2). Eden Azar, 75 (3:2). Nemanya Matich, 80 (4:2).

23-aprel, yakshanba
“Arsenal” — “Manchester Siti” — 19:00

Опубликовано: admin (23-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют