» » Tish va milk salomatligi uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?

Tish va milk salomatligi uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?


Sog‘lom tishlar ovqat hazm bo‘lishi, go‘zal tabassum va salomatlik garovi hisoblanadi. Ularning salomatligi iste’mol qilinadigan mahsulotlar va ular tarkibidagi moddalar bilan uzviy bog‘liq. Qanday mahsulotlar tishlarning sog‘lom bo‘lishida ahamiyatli? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Sabzavotlar

Tish va milklarning salomatligi uchun kalsiy, klechatka, magniy, ftor, fosfor va vitaminlarga boy mahsulotlar iste’mol qilish zarur. Ratsionga gulkaram, sabzi, bulg‘or qalampiri va bodringdan tayyorlangan taomlarni kiritish yoki ularni barra holida tanavvul qilish kerak. Ushbu mahsulotlar, tarkibida shakar miqdori kam ? ekani, tish sirtining tozalashi va og‘izdagi kislota balansini me’yorda ushlashga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatli.

Sut mahsulotlari

Sut mahsulotlari —tish va suyaklarining mustahkam bo‘lishi va mo‘rtlashmasligini oldini olishda ahamiyati beqiyos bo‘lgan kalsiyning koni hisoblanadi. Kalsiyning tez singishi natijasida organizm vitamin D ga to‘yinadi. Sut, yogurt, qatiq va pishloq tarkibida kislota kam, fosfor va magniy miqdori esa yuqori bo‘ladi. Qolaversa, bu mahsulotlar tarkibida fosfat, kazein va yallig‘lanishni oldini olish xususiyatiga ega mikroelementlar mavjud.

Ko‘k choy

Ichimliklardan bakteriyalarga qarshi ta’sir kuchiga ega, kariyesning oldini olish, tish emalini himoya qilish, milkni mustahkamlash xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘k choy ichish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют