» » Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” klubida 16 yil to‘p surgan futbolchiga uy sovg‘a qildi

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” klubida 16 yil to‘p surgan futbolchiga uy sovg‘a qildi


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” klubi sobiq futbolchisi Ibrohim Otaxonovga uy sovg‘a qildi.

Jamoa safida 16 yil harakat qilgan futbolchiga Andijon shahri yaqinida joylashgan 16 qavatli uydan 2 xonali xonadon berilgan.

“Avvalombor, Shuhrat Abdurahmonovga kamtarona mehnatlarimiz yuksak qadrlagani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Oila-a’zolarimning quvonchlarini so‘z bilan ta’riflash qiyin.

16 yil “Andijon” futbol klubida to‘p surdim, shu vaqt mobaynida o‘zimga yarasha hurmat, e’tibor va muxlislar ortirdim. Shu fursatdan foydalanib, “Andijon” jamoasining barcha a’zolariga, men bilan birga to‘p surgan futbolchilarga, klub rahbari Ma’ruf Abdisalomovga, men bilan ishlagan barcha murabbiylarga, klubning barcha xodimlari va “Andijon” jamoasining minglab muxlislariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — dedi Otaxonov.

Ma’lumot uchun, Otaxonov 2004—2019-yillar mobaynida “Andijon” jamoasida to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Abdurahmonov 2019-yilgi futbol mavsumi doirasida Superliganing 5-turida “Nasaf”ni 3:1 hisobida yenggan “Andijon” klubi futbolchilarining har biriga 10 million so‘mdan mukofot pulini stadionning o‘zida topshirgan edi. Bundan tashqari jamoa vakillaridan biri Farhod Bekmurodovga Chevrolet Gentra avtomobilini hadya qilgandi.

Mavzuga doir: G‘alaba uchun 10 mln so‘m va Gentra. Viloyat hokimi “Andijon” klubi futbolchilarini “Nasaf” ustidan qozongan g‘alabasi uchun mukofotladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют