» » Moliya instituti rektori o‘zgardi

Moliya instituti rektori o‘zgardi


Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, uning o‘rniga shu vaqtgacha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonov institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirinining buyrug‘iga ko‘ra, Mehmonov Sultonali Umaraliyevichga Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga institut rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi”, — deya institut matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotni keltirmoqda “Kun.uz” .

Sultonali Mehmonov 1974-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

1996—2006-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida rektor yordamchisi, kafedra assistenti, dotsenti, bosh xisobchi, fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2006—2017-yillarda Toshkent moliya institutida kafedra dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2017—2018-yillarda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida Toshkent moliya instituti kafedra professori) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2018—2019-yillarda Toshkent moliya instituti kafedra professori lavozimida ishlagan.

2019-yil oktabridan buyon Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

2018-yil sentabridan buyon oliy ta’lim muassasasiga rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Azizov hozirda qaysi ishga o‘tgani haqida ma’lum qilinmagan.

Bundan avval Turin politexnika universiteti rektori O‘ktam Salomov O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют