» » Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etildi

Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etildi


Xiaomi kompaniyasi va’da qilganidek 30-iyun kuni Redmi 9A va Redmi 9C smartfonlarini taqdim etdi. Mazkur modellar Redmi lineykasidagi eng hamyonbop smartfonlarga aylandi, deb xabar beradi IXBT.

Smarfonlarning barcha texnik tavsifi taqdimotga qadar internetda tarqalib ulgurgan edi. Redmi 9C va Redmi 9A bir kristalli MediaTek Helio G35 va Gelio G25 tizimi bazasida yaratilgan. Ularga 6,53 dyuymli IPS ekranlari, sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator, 2 gigabayt tezkor va 32 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan.

Redmi 9A odinar 13 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘lgan bo‘lsa, Redmi 9C’ga 5 va 2 megapikselli qo‘shimcha datchikka ega uchtalik kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, Redmi 9C’ning orqa panelidan barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan.

Bundan tahsqari, qurilmalarga  4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 5.0, GPS, USB-C, IK-port va 3,5 millimetrli razyom o‘rnatilgan.

Malayziyada Redmi 9C 100 dollardan sotuvga chiqqan bo‘lsa, Redmi 9A 84 dollardan taklif etilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют