» » Oskar de la Hoya dunyoning ayni damdagi eng kuchli 3 bokschisi nomini aytdi

Oskar de la Hoya dunyoning ayni damdagi eng kuchli 3 bokschisi nomini aytdi


Professional boks bo‘yicha olti vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Oskar de la Hoya dunyoning ayni damdagi eng yaxshi uch nafar bokschisi nomini aytdi.

“Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘ringa Saul ‘Kanelo’ Alvaresni qo‘yish kerak. U kim bilan jang qilganini va kimlarga qarshi kurashmoqchiligini eslang. Ishonchim komil, u eng yaxshi raqiblar bilan jang qilishni xohlaydigan yagona bokschi.

Qolgan barcha bokschilar darhol jang uchun qancha pul olishi haqida so‘raydi. ‘Kanelo’ esa bu haqda so‘rab ham o‘tirmaydi, u shunchaki, eng zo‘rlari bilan jang qilishni xohlaydi.

Terens Krouford va Vasiliy Lomachenko bir xil darajada. Krouford o‘zining qobiliyati va iste’dodi bilan super yulduzga aylanishi mumkin.

Lomachenkoni zo‘r bokschi deb bilaman va uning yarim o‘rta vazn toifasida jang qila olishiga ham ishonaman, agar u xohlasa muvaffaqiyatga erisha oladi”, — deydi de la Hoya.

Ma’lumot o‘rnida, Oskar de la Hoya professional faoliyati davomida 45 ta jang o‘tkazib, shulardan 39 tasida g‘alaba qozongan (30 ta nokaut), 6 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Mavzuga doir: Afsonaviy bokschi Oskar de la Hoya ringga qaytmoqchi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют