» » Yangi Hyundai Tucson Tesla uslubidagi planshetga ega bo‘ladi

Yangi Hyundai Tucson Tesla uslubidagi planshetga ega bo‘ladi


Internetda yangi Hyundai Tucson modelining interyeri surati paydo bo‘ldi. Suratdan ko‘rish mumkinki, salon ichidan xuddi Tesla elektrokarlaridagi kabi katta multimedia tizimi plansheti o‘rnatiladi, deb xabar qiladi The Korean Car Blog.

Dastlab krossover surati The Korean Car Blog saytida paydo bo‘lgan, biroq yangilik tezda o‘chirib tashlangan. Shu sababli surat manbasi hozirda Avstraliyaning Car Advice sayti bo‘lib qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu Tucson’ning Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan maxsus versiyasi bo‘lgan.

Hyundai Tucson 2020-yilning oxiri yoki 2021-yilning boshlariga borib eski avlodni almashtirishi kutilmoqda. Krossover 3,0 litrli Theta3 turbomotori bilan jihozlangan bo‘lib, sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. Shuningdek, model birinchi bor elektr quvvatlantirish funksiyali gibrid modifikatsiyaga ega bo‘ladi. Gibrid nusxalari Yevropa bozorlariga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, yangi model ichidan xuddi yangi Elantra’niki kabi 10,25 dyuymli virtual qurilmalar paneli va transmissiya selektorining tugmali “pult”lari o‘rin olgan.

Hyundai kompaniyasi to‘rtinchi avlod Tucson’ni sinovdan o‘tkazishni boshlagan, biroq bu muammosiz o‘tmayapti. May oyidagi testlarda krossover harakat vaqtida beshta g‘ildirak gaykalarining uchtasini yo‘qotgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют