» » O‘zbekistonda sud hokimiyati tizimi raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda sud hokimiyati tizimi raqamlashtiriladi


O‘zbekistonda sud hokimiyati tizimining faoliyati raqamlashtiriladi va “Adolat” axborot tizimlari kompleksi ishga tushiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun, seshanba kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda 2020-yil yakuniga qadar Oliy sudga yagona “Adolat” axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

Bunda barcha uchun sudlarga elektron murojaat qilish, murojaatlar holatini onlayn tarzda kuzatish, taraflarga ma’lumotlarni elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratiladi.

Sudlar 2020-yilda videokonferensiya aloqa tizimi bilan 100 foiz qamrab olinishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda vazirliklarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini ishga tushirish, mutasaddilarga ilg‘or tajribalar va xalqaro standartlar asosida sud tizimini “bir sud — bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi. Inson huquqlari markazi, Ombudsman, Toshkent davlat yuridik universitetiga “Inson qadr-qimmati — eng oliy qadriyat” maxsus o‘quv moduli bo‘yicha barcha huquq-tartibot idoralari rahbar xodimlarini o‘qitish vazifasi yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют