» » O‘zbekistonda 1-iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga qabul jarayoni boshlandi

O‘zbekistonda 1-iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga qabul jarayoni boshlandi


1-iyuldan xalq ta’limi tizimidagi ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari (5-sinf) va maktab-internatlari (7-sinf)ga 2020/2021-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar 2020-yilning 1—31-iyul kunlari hamda 7-sinf uchun hujjatlar 1—20-iyul kunlari qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi.

Mavzuga doir: Millionlab nusxadagi “Tarbiya” darsliklarini tayyorlash o‘quv yili boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolganida davlat nashriyotidan xususiy korxonaga o‘tkazildi

Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabuli bo‘yicha tanlovlar avgust oyida oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistondagi karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini o‘tkazish muddati o‘zgarishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют