» » Janubiy qutbda rekord darajada harorat ko‘tarilishi qayd etildi

Janubiy qutbda rekord darajada harorat ko‘tarilishi qayd etildi


So‘nggi uch o‘n yillikda Janubiy qutbdagi harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravarga ko‘tarildi. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotda aytildi.

Olimlar har o‘n yilda harorat taxminan 0,6 darajaga ko‘tarilganligini aniqladilar, bu sayyoradagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravar ko‘pdir.

Ta’kidlanishicha, ushbu hodisaning sabablaridan biri tropik Tinch okeanining sharqida dengiz yuzasi haroratining ko‘tarilishi deb aytilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yozning me’yoridan ortiq issiq bo‘lishi prognoz qilindi

Issiq harorat Ueddell dengizidagi sikl anomaliyasini qo‘zg‘atadi, bu esa boshqa geofizik omillar bilan birgalikda Janubiy qutbga iliq nam havoning kelishini osonlashtiradi.

Shuningdek, harorat ko‘tarilishida antropogen omil ham muhim rol o‘ynagani aytilmoqda.

20 ta meteorologik stansiyalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy qutbda harorat ko‘tarilishi butun Antarktida uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan yetti baravar yuqori bo‘lgan.

Mavzuga doir: Antarktidada “yashil qor” paydo bo‘ldi (video)

Avvalroq olimlar Arktika muzliklari qachon to‘liq yo‘qolib ketishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют