» » Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi


Ikrom Jumaniyozov Moliya vazirligi “Axborot hisoblash markazi” unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ikrom Jumaniyozov 1985-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2011-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U o‘z faoliyatini Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo hisob-kitob markazi xalqaro hujjatli operatsiyalar boshqarmasida Eksport akkreditivlari va kafolatlar bo‘limi ikkinchi toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.

2013—2015-yillarda Moliya vazirligi G‘aznachiligi Metodologiya moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi Budjetning g‘azna ijrosi metodologiyasi bo‘limining bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

2015-yilda Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasining Eksportdan tushadigan daromadlarni rejalashtirish va monitoring qilish bo‘limining bosh iqtisodchisi lavozimida, keyinchalik ushbu boshqarmaning Jamlama-tahlil valyuta bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016-yilda Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasining nazorat bo‘limi boshlig‘i, 2017—2018-yillarda Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Ikrom Jumaniyozov tayinlovga qadar Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlangani, Davlat xizmatlari agentligi direktori “Yergeodezkadastr” qo‘mitasiga rais etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют