» » Isroillik faollar ochlik e’lon qilgan terrorchilar qamoqxonasi derazalari ostida shashlik pishirdi

Isroillik faollar ochlik e’lon qilgan terrorchilar qamoqxonasi derazalari ostida shashlik pishirdi


Isroilning “Ihud Leumi” partiyasi yoshlar qanoti vakillari 20-aprel kuni “Ofer” qamoqxonasi devorlari yonida tadbir o‘tkazdi. Qamoqxonada “Fath” va “Hamas” guruhlarining ochlik e’lon qilgan terrorchilari saqlanadi, deb yozadi TJournal.

Faollar qamoqxona devorlari ostida mangallar o‘rnatib, ochlik e’lon qilganlarga huzur bag‘ishlash uchun ularda shashlik pishirdi.

“Ixud Leumi” partiyasi Isroil armiyasi halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining jasadlarini qaytarilishiga erishish uchun hukumatni terrorchilarni saqlash sharoitlarini keskinlashtirishga chaqirmoqda.

“Bu terrorchilar to‘dasi bizga ochlik bilan tahdid qilmoqda. Ular bunday norozilik qilayotganidan baxtlimiz. Ular qancha xohlasa shuncha qiynalsin”, — deydi tadbir tashkilotchisi Ofer Sofer.

17-aprel kuni Isroil qamoqxonalarining yuzlab mahbuslari ochlik e’lon qilgan edi. Ulardan aksariyati sobiq jangarilardir. Isroil qamoqxonalar boshqarmasining baholashicha, unda 1 200 ga yaqin odam ishtirok etmoqda.

Aksiya beshta qotillik va bir necha o‘nlab teraktni rejalashtirgani uchun besh karra umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Marvan Barguti tomonidan tashkil etilgan. 16-aprel kuni uning rafiqasi The New York Times nashriga taqdim etgan xatda Barguti ommaviy asossiz hibsga olishlar va falastinlik mahbuslar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lish tufayli ochlik e’lon qilishga majbur bo‘lganligini ma’lum qilgan.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют