» » O‘zbekistonda 2020-yilning iyun oyida narx-navo 0,2 foizga pasaygani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilning iyun oyida narx-navo 0,2 foizga pasaygani ma’lum qilindi


2020-yilning iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida o‘rtacha 0,2 foizga pasaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 foizni tashkil etgan.

2020-yilning yanvar—iyun oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,6 foizga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019-yilning iyuniga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,2 foizni tashkil etgan.

“2020-yilning iyun oyida yillik umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI) o‘tgan oyning shu ko‘rsatkichiga nisbatan 0,2 punktga oshdi (14,0 foizdan 14,2 foizgacha). Shu bilan birga, o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 2020-yilning iyun oyidagi natija 2019-yilning iyun oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,6 punktga baland bo‘ldi (14,2 foizga qarshi 13,6 foiz)”, — deyiladi xabarda.

Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan to‘yinganligi sababli ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayishiga olib kelib, natijada shu yilning iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlarining INI 98,8 foizni tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari 0,6 foizga qimmatlashgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida go‘sht eng arzon narxda sotilayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют