» » Tracker avtomobili “Buy Back” dasturi asosida

Tracker avtomobili “Buy Back” dasturi asosida


“UzAuto Motors” AJ hamda “O‘zavtosanoat-Lizing” MChJ kompaniyalaridan yangi dastur.

1-iyuldan boshlab siz Tracker M/T avtomobilini “Buy Back” dasturi asosida xarid qilishingiz mumkin.

Xo‘sh, “Buy Back” dasturi o‘zi nima? “Buy Back” atamasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, qayta xarid etish mazmunini anglatadi hamda sotuvchi tomonidan sizga sotilgan tovarni qayta sotib olishi tushuniladi.

Bizning holatda, siz Tracker M/T avtomobilini “O‘zavtosanoat-Lizing” MChJ lizing kompaniyasidan qulay va imtiyozli shartlarda 3 yil muddatga lizing/ijara asosida xarid etasiz. Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun avtomobilni yetkazib bergan “UzAuto Motors” AJ rasmiy dileri bilan “Buy Back” bo‘yicha kelishuv imzolaysiz.

2 yildan so‘ng, avtomobilingizni yangilamoqchi bo‘lsangiz, kelishuv shartlariga amal qilgan xolda avtomobilingizni dilerga topshirasiz. Diler esa o‘z navbatida ushbu avtomobilni boshlang‘ich qiymatning qariyb 70 foizi miqdorida sizdan xarid etib, lizing kompaniya oldidagi barcha majburiyatlaringizni qoplab beradi va hisob raqamingizga dastlab to‘langan 30 foizli bo‘nak to‘lovini tushirib beradi. Siz bu mablag‘larni yangi lizing/ijara loyihasi bo‘yicha bo‘nak to‘lovi sifatida yoki o‘z ehtiyojlaringizga ishlatishingiz mumkin.

Dasturning yana bir afzal tomoni shundaki, birinchi ikki yil davomida siz avtomobilingiz dastlabki qiymatining atigi 30 foizini to‘laysiz, ya’ni oylik to‘lovlaringiz odatdagidan ancha kam bo‘ladi.

Batafsil ma’lumotlar va to‘lov jadvallari bilan tanishish uchun https://t.me/uzavtoleasing Telegram kanali va www.uzlk.uz saytiga kirishingiz mumkin yoki 97 7018316, 97 7018317, 97 7018318 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan!

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют