» » Dunyoda milliarderlar soni rekord darajada oshdi

Dunyoda milliarderlar soni rekord darajada oshdi


Wealth-X xalqaro konsalting kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, dunyoda milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi 2019-yilda rekord darajada oshdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Tadqiqotga ko‘ra, 2019-yilda dunyo bo‘yicha milliarderlar soni 2825 nafarga yetdi. Bu 2018-yilga nisbatan 8,5 foizga yoki 221 kishiga ko‘pdir. Ularning umumiy boyligi yil davomida 10,3 foizga oshib, 9,4 trillion dollarga yetdi.

Wealth-X versiyasiga binoan, 2019-yil holatiga ko‘ra milliarderlar soni bo‘yicha davlatlar reytingi quyidagicha:

Kuchli beshtalikdan, shuningdek, Shveysariya va Buyuk Britaniya ham o‘rin olgan. Ushbu davlatlarning har birida 100 nafardan milliarder bor.

Eng ko‘p milliarderlar yashovchi davlatlar qatoridan, shuningdek, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Italiya, Braziliya, BAA, Kanada va Singapur ham joy olgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu 15 mamlakatda dunyo milliarderlarining to‘rtdan uch qismi istiqomat qiladi.

Shaharlar bo‘yicha qaraladigan bo‘lsa, aksariyat milliarderlar — 113 nafari Nyu-Yorkda yashaydi. Undan keyingi o‘rinni Gonkong va San-Fransisko egallagan. Ularda tegishli ravishda 96 va 77 nafar milliarder yashaydi. Moskvada bunday odamlar soni 73 nafar bo‘lib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Mavzuga doir: AQSh milliarderlari boyligi koronavirus pandemiyasi davrida 434 mlrd dollarga oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют