» » Norvegiya tajribasi: elektromobillar savdosini oshirish uchun 7 chora

Norvegiya tajribasi: elektromobillar savdosini oshirish uchun 7 chora


Norvegiya hukumati elektromobillarga alohida e’tibor qaratib, ularni o‘z fuqarolari orasida xaridorgir qila oldi. Atigi besh million aholisi bo‘lgan mamlakat foydalaniladigan elektr avtomobillari soni bo’yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Har mingta norvegiyalikka 14,7 ta elektromobil to‘g‘ri keladi. Boshqa hech qaysi mamlakat bu natijaga yaqin kela olgani yo‘q. Mutlaq yetakchilik qilayotgan Norvegiyadan keyingi o‘rinda turgan AQShda ko‘rsatkich atigi 0,97 tani tashkil qiladi. “Vc.ru” nashri Norvegiyaning muvaffaqiyati sabablari bilan qiziqdi.

2015-yilning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Norvegiya yo‘llarida 75 mingta faqat elektr energiyasi bilan harakat qiluvchi “yashil” avtomobil mavjud.

Bu ko‘rsatkichlar asosida Norvegiya hukumatining ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi yotadi. Mamlakatda elektr avtomobillar inqilobini vujudga keltirgan chora tadboirlar quyidagilardan iborat:

Bu to‘lovlardan birinchi marta 1990-yilda vaqtinchalik chora sifatida voz kechilgan, biroq 1996-yilga kelib bu doimiy asosda joriy etildi. Bu imtiyozlar xaridorlarga ikki hissa xarajatdan xalos bo‘lish imkonini beradi. Norvegiya hududida umuman avtomobil ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun barcha mashinalar xorijdan olib kelinadi.

QQSning stavkasi mamlakatda 25 foizni tashkil qiladi. Natijada soliq imtiyozlari tufayli elektromobillar narx kurashida benzin va dizelda harakatlanuvchi avtomobillardan ustun keladi. Misol uchun, oddiy Volkswagen Golf 300 ming Norvegiya kronasi yoki 31,5 ming yevro tursa, eGolf 250 ming krona yoki 26,5 ming yevro turadi.

2015-yilning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Norvegiyadagi oddiy quvvatlash punktlarining soni qariyb yetti mingtani tashkil qilgan, tez va yarim tez quvvatlash shaxobchalari esa 300 tani tashkil qilib, umumiy miqdorda mamlakatdagi AYoQShlar umumiy sonidan ko‘proqni tashkil qiladi.

Quvvatlashni firmalarga qarashli tarmoq shoxochalarida yoki bepul rozetkalar bilan jihozlangan umumiy to‘xtash joylarida amalga oshirish mumkin. Taqqoslash uchun, Norvegiyada AI-95 benzinining bir litri 1,62—1,72 yevro bo‘lib, Yevropadagi eng qimmat narx hisoblanadi.

Istalgan aholi punktidagi mahalliy hukumatga qarashli avtomobil to‘xtash joylari ham elektromobillar uchun bepul.

Ba’zi ekspertlar tomonidan taxmin qilinganidek, 2003-yilda elektromobillar uchun Osloda joriy qilingan ushbu ustunlik “yashil” avtomobillar sonining ko‘payib ketgani sababli 2015-yilning o‘rtasida bekor qilingan.

Avtobuslar elektromobillar ortida qolib ketib, doimiy kechika boshlagan. Biroq mansabdorlar vaqt o‘tishi bilan hukumat mahalliy rasmiylarga transport oqimini hisobga olgan holda elektromobillarga jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘lda harakatlanishga ruxsat berish yoki uni taqiqlash huquqini beradi, deb hisoblaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют