» » Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin


Argentina terma jamoasi afsonasi, hozirda “Himnasiya va Esgrima” klubi bosh murabbiyi Diyego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, agar Antonio Torres Ispaniya futbol federatsiyasining yangi prezidenti etib tayinlansa,Maradonaning ushbu lavozimga kelish ehtimoli oshadi.

Torres ham o‘z xabarida argentinalik mutaxassisning vakillari bilan kelishib olganligini ma’lum qilgan. Maradona bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzish rejalashtirilmoqda. Uning vazifasi mamlakat bosh jamoasini Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi Jahon Chempionati finaliga olib chiqishdan iborat bo‘ladi.

Hozirda Antonio Torresning Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentligi uchun asosiy raqibi Luis Rubiales bo‘lib turibdi. Ayni paytda Ispaniya terma jamoasini Luis Enrike boshqarmoqda.

Maradona 2019-yilning sentabr oyidan beri “Himnasiya”ni boshqarib kelmoqda. Ungacha 59 yoshli mutaxassis Meksikaning “Dorados”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vasl” va “Al-Fujayra” jamoalarida ishlagan, shuningdek, u Argentina milliy jamoasini ham ma’lum vaqt davomida boshqargan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют