» » Hamma ishga ulgurish uchun 25-soatdan foydalaning. Vaqtni unumli taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar

Hamma ishga ulgurish uchun 25-soatdan foydalaning. Vaqtni unumli taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar


Oila, ish, o‘qish, o‘zingizga e’tibor qilish uchun vaqtdan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Vaqtni taqsimlashdan avval qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lib chiqish kerak:

Vaqtni taqsimlash va rejalashtirish uchun 10 daqiqa ajratib, ikki soat tejash mumkin.

Qanday rejalashtirish kerak?

1. Reja tuzing

Bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ketma-ketligini rejalashtirish odat tarzingizga kirishi kerak. Vaqtning samarali taqsimlanishi uchun avval kunlik, haftalik keyin bo‘lsa oylik va yillik reja tuzish kerak. Rejalar qisqa yoki uzoq muddatli tuzilishi mumkin.

Qisqa muddatli rejalar

Rejalar tuzilganidan keyin ularni bajarilishini nazorat qilish uchun belgilab borish kerak. Buning uchun oddiy bloknot yoki internetdagi tayyor shablonlardan foydalanish mumkin. Qilingan ishlarni belgilab borish kishiga keyingi rejalar uchun motivatsiya berib, kayfiyati ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Uzoq muddatli rejalar

Oylik va yillik rejalarni ham oldindan shakllantirib yozib qo‘yish kerak. Rejalarning ustuvorligi vaziyatga qarab o‘zgarib qolishi mumkinligi sabab rejaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritib borilishi mumkin.

2. Avvaliga dolzarb va muhim bo‘lgan vazifaga diqqatingizni qarating

Bir vaqtni o‘zida bir qancha ishni bajarish imkonsiz. Natija kutilgandek bo‘lishi uchun birinchi eng muhim bo‘lgan ishni obdan bitirib, keyin ikkinchisiga o‘tish kerak. Buning uchun o‘sha vazifani bajarishga yaxshilab kirishish, orada ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslik, chalg‘imaslik, telefonni iloji bo‘lsa chetga olib qo‘yish kerak.

3. Kunni eng murakkab ish yoki vazifa bilan boshlang

Qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, murakkab va muhim vazifani keyinga surish miyada aylanaverib, sizni bezovta qiladi. Og‘ir ishni tongda — energiyaga to‘la vaqtingizda bitirib olish esa yelkangizdan tog‘ ag‘darilgandek hisni tuyishingizga yordam beradi.

4. Aniq muddat belgilang va unga rioya qiling

Vazifalarni bajarilishi va uning bitishi oldindan belgilanib, qancha muddatda tugatilishi miya uchun muhim sanaladi. Chunki aniq vaqt belgilanmasa, miyada hali vaqt bor ekan degan signal paydo bo‘ladi va ongsiz ravishda muddat cheksizlik tomon cho‘zilaveradi. Aniq belgilangan vaqt esa motivatsiya berib, tonusda bo‘lishga sabab bo‘ladi.

5. 25-soat

Agar siz bir sutkada 24 soatdan ko‘proq vaqt bo‘lishini istaydiganlardan bo‘lsangiz, unda quyidagi oltin qoidaga amal qiling. Uyqudan bir soat erta turing. 6 da bajarilishi kerak bo‘lgan ish uchun 5 da uyg‘oning, avvaliga qiyin bo‘lgani bilan natijadan keyin qancha narsaga ulgurishingiz mumkin va imkoni borligidan xursand bo‘lasiz. Bu oltin vaqtni, asosan, bajarishga vaqt yetmaydigan ishga ajrating. Boshida hammasi oddiydek tuyilishi mumkin, lekin bir ritmga tushib olgandan keyin ijobiy natija sezila boshlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют