» » O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2027 mezbonligiga ariza topshirdi

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2027 mezbonligiga ariza topshirdi


Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Osiyo Kubogi—2027 musobaqasi mezbonligiga o‘z nomzodini qo‘ygan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular qatoridan O‘zbekiston ham o‘rin olgan. Belgilangan muddatgacha (30-iyun) umumiy hisobda beshta malakat musobaqani o‘zida o‘tkazish istagini bildirgan: Hindiston, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston.

OFK tender qatnashchilarining imkoniyatlarini baholashni boshlab yuboradi va yakuniy qaror 2021-yilda chiqariladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Osiyo Kubogi musobaqasi 2019-yilning yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda penaltilar seriyasi bo‘yicha Avstraliyaga yutqazib, musobaqani tark etgandi. 2023-yilgi musobaqaga esa Xitoy mezbonlik qiladi.

May oyida 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligiga da’vogar davlatlar ro‘yxati e’lon qilingan. Avvalroq ushbu musobaqa mezbonligiga o‘z nomzodini qo‘yishi aytilgan O‘zbekiston ariza topshirmagani ma’lum bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют