» » AQSh bosh infeksionisti mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirdi

AQSh bosh infeksionisti mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirdi


AQSh koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetadigan vaziyatga duch kelishi mumkin. Bu haqda AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

“Hozir bizda kunlik kasallanishlar soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lib turibdi. Agar hech qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, bu ko‘rsatkich 100 ming kishigacha oshsa, hayron qolmayman. Shu sababli bundan xavotirdaman”, — degan u AQSh Senatining sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik va pensiya masalalari bo‘yicha qo‘mitasining pandemiya masalasi bo‘yicha eshittiruvida.

Fauchi odamlarning bir guruh bo‘lib yig‘ilishi, niqob taqmayotgani, shuningdek, hukumatning AQShdagi korxonalarni ochish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarga rioya qilmayotganidan tashvishlanayotganini bildirgan.

Pandemiya nazorat ostidami, degan savolga javob berar ekan u sodir bo‘layotgan vaziyatdan norozi ekanligini, chunki koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlarni ko‘rsatuvchi grafikaga nazar tashlansa, AQSh noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini ko‘rish mumkinligini aytgan.

Mavzuga doir: AQSh hukumati koronavirus qurbonlari uchun oldindan yuz mingta dafn qopiga buyurtma bergani ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Entoni Fauchi may oyining o‘rtalarida AQShda koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Kongressda nutq so‘zlagan Fauchi mamlakatda karantin cheklovlarini olib tashlashga hali erta ekani va ushbu qarorning jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etgandi.

Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют