» » “Borussiya D” Sancho uchun “Manchester Yunayted” taklif qilganidan ikki barobar ko‘p mablag‘ talab qilmoqda

“Borussiya D” Sancho uchun “Manchester Yunayted” taklif qilganidan ikki barobar ko‘p mablag‘ talab qilmoqda


“Manchester Yunayted” hamon Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga qiziqish bildirmoqda, ammo “qizil iblislar” rahbariyati mazkur transfer uchun 50 million funtdan (55 million yevro) ko‘proq mablag‘ ajratmoqchi emas, deya xabar beradi Sky Sports.

“Borussiya D” esa Sanchoning transfer qiymatini 100 million funtga (110 million yevro) baholamoqda. Dortmund klubi xo‘jayinlari 20 yoshli angliyalik futbolchini sotish borasida muzokaralarda murosaga kelmoqchi emas.

Avvalroq klub ijrochi direktori Hans-Yoaxim Vatske Jeydon Sancho uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni to‘lashni hech kim o‘ziga ravo ko‘ra olmasligini aytgandi.

Sancho 2017-yilning yozida “Manchester Siti”dan 8 million yevro evaziga “Borussiya”ga ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsumda klub darajasidagi barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Golden Boy sovriniga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют