» » Tramp koronavirus sabab Xitoydan jahli chiqayotganini ma’lum qildi

Tramp koronavirus sabab Xitoydan jahli chiqayotganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp butun dunyoga koronavirusni tarqatgani uchun Xitoydan tobora darg‘azab bo‘lmoqda. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Trampning ta’kidlashicha, pandemiya Qo‘shma Shtatlarga juda katta zarar keltirgan. Shu sababli AQSh prezidenti “borgan sari Xitoydan darg‘azab bo‘lmoqda”.

“Pandemiya butun dunyo bo‘ylab tarqalib, barchaga, xususan, AQShga juda katta zarar yetkazmoqda. Shu sababli Xitoydan jahlim chiqayapti. Odamlar buni ko‘rishi mumkin va men buni his qilyapman!”, — deb yozadi Tramp.

Tramp bir necha bor Xitoyni koronavirus infeksiyasini tarqatishda va virus haqidagi ma’lumotlarni yashirishda ayblagan. Xususan, Arizona shtatida o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvida Amerika yetakchisi koronavirusni “Kung-flyu” deb atashni taklif qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga COVID-19 tarqalishini surishtirish uchun mutaxassislar yubormoqchi ekanini bildirgandi. Shuningdek, AQSh Xitoydan koronavirusning kelib chiqish sabablari bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. AQSh davlat kotibining fikricha, Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgan, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmagan. Kreml esa bunga qarshi chiqib, Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirgan.

Mavzuga doir: JSST Xitoyda koronavirus manbasini qidirish bilan shug‘ullanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют