» » Sintezatorda kuy chalishni o‘rganib olgan to‘tiqush internet foydalanuvchilarini hayron qoldirdi (video)

Sintezatorda kuy chalishni o‘rganib olgan to‘tiqush internet foydalanuvchilarini hayron qoldirdi (video)


YouTube’da kulrang to‘tiqushning Happy birthday to you qo‘shig‘i musiqasini sintezatorda chalayotgan to‘tiqush videosi e’lon qilindi. Bu holat ko‘pchilikni hayron qoldirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Video boshida Jenni laqabli to‘tiqush kompozitsiya nomini aytadi hamda buning uchun egasi tomonidan mukofotlanadi.

Shundan so‘ng u kuyni chala boshlaydi. To‘tiqush qizil tusda tovlanayotgan kerakli klavishlarni tumshug‘i bilan bosadi.

Jenni mashhur kuyni xatosiz va uzluksiz ijro etadi. Buni ayrim hollarda tajribali pianinochilar ham qila olmaydi.

Video so‘nggida to‘tiqush egasi uni maqtab juda yaxshi chalganini aytadi. Qushning qobiliyatini internet foydalanuvchilari ham yuqori baholagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют