» » Toshkentda Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir qismi 14 kunga yopiladi

Toshkentda Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir qismi 14 kunga yopiladi


Toshkentda Kichik halqa yo‘li (KHAY)ning Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishining bir qismi 2-iyuldan boshlab 14 kunga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu Olmazor tumani KHAY ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi bilan bog‘liq. Ta’mirlash ishlari 2020—2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida amalga oshirilib, 2-iyuldan boshlanadi.

Bildirilishicha, ushbu magistral issiqlik tarmog‘i 1986-yili qurilgan bo‘lib, issiqlik tarmog‘ining kapital ta’mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 30 dan ortiq avariya holatlari qayd etildi.

Ta’mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta’minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida KHAY ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qisman yopiladi va avtotransport vositalari qatnovi KHAY ko‘chasining Farobiy ko‘chasidan Beruniy ko‘chasigacha bo‘lgan tomonida ko‘chani ikkiga bo‘lgan holda amalga oshiriladi.

“Shu munosabat bilan haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют