» » Kanada chetdan kelganlar uchun izolyatsiya tartibini 31-avgustgacha uzaytirdi. Unga amal qilmaganlar 6 oyga qamalishi mumkin

Kanada chetdan kelganlar uchun izolyatsiya tartibini 31-avgustgacha uzaytirdi. Unga amal qilmaganlar 6 oyga qamalishi mumkin


Kanada chet elliklarning mamlakatga kirish taqiqini kamida 31-iyulgacha uzaytirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Kanada chegara xizmati agentligi vakili Rebekka Purdining bayonotiga tayanib.

Uning bildirishicha, chet elliklarning Kanadaga kirish taqiqi “jamoat sog‘lig‘ini saqlash nuqtai nazaridan” kamida 31-iyulgacha uzaytirildi. Qayd etilishicha, bunday taqiq dastlab 16-mart kuni, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida joriy etilgan.

Taqiq diplomatlar, chet ellik talabalar, mavsumiy ishchilarning ayrim toifalari va Kanada fuqarolarining yaqin qarindoshlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, Kanada hukumati mamlakatga kiruvchilar uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibini 31-avgustgacha uzaytirmoqda. Karantin tartibini buzganlar 750 ming Kanada dollari (551,5 AQSh dollari) miqdorida jarima yoki 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Agar karantin tartibini buzganlik boshqa bir kishining hayotiga xavf solsa, jarima miqdori 1 million Kanada dollari (735,4 ming AQSh dollari)gacha oshishi, qamoq jazosi esa 3 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kanadada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 103 918 kishiga yetdi. Bemorlarning 67 178 nafari sog‘aydi, 8 566 nafari vafot etdi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi o‘z hududiga AQSh, Braziliya va Rossiyadan kirish taqiqini saqlab qolmoqchi ekanligi xabar berilgan edi. Donald Tramp 2020-yil bahorida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Qo‘shma Shtatlarga kirishni taqiqlagan edi. Yevropa mamlakatlari epidemiyani nazoratga olishga erishganiga qaramay, AQSh tomoni ushbu taqiqni hali ham bekor qilmagan.

Mavzuga doir: AQSh 2020-yilning oxiriga qadar xorijliklarga ishchi viza berilishini to‘xtatib qo‘ydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют