» » Leroy Sane “Bavariya”ga o‘tadi. Uning Myunxen klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Leroy Sane “Bavariya”ga o‘tadi. Uning Myunxen klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi


“Manchester Siti” hujumchisi Leroy Sane “Bavariya” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.

Sanening Myunxen klubidagi yillik maoshi 17 million yevroni tashkil qiladi. Manbaning xabariga ko‘ra, nemis klubi futbolchi uchun bonuslardan tashqari, taxminan, 50 million yevroni “Manchester Siti” g‘aznasiga o‘tkazib beradi.

Eslatib o‘tamiz, Leroy o‘tgan yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishga yaqin edi, ammo jarohati tufayli kelishuv amalga oshmay qolgandi. O‘shanda Myunxen klubi vinger uchun 100 million yevrodan ko‘proq to‘lashga rozi bo‘lgan.

Sane 2016-yilning yozida “Shalke-04”dan 52 million yevroga “Manchester Siti”ga o‘tgan. 24 yoshli forvard mavsum avvalidagi jarohat sabab Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida atigi bitta o‘yin o‘tkazdi, xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют