» » Rossiyada bir sutkada 6556 kishida koronavirus qayd etildi, kasallanganlarning 216 nafari vafot etdi

Rossiyada bir sutkada 6556 kishida koronavirus qayd etildi, kasallanganlarning 216 nafari vafot etdi


Rossiyada 1-iyul holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bo‘yicha 6556 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash tezkor shtab bergan ma’lumotga tayanib.

Bir kun avval sutka davomida 6693 kishi koronavirusga chalingani xabar qilingandi. Mamlakatda umumiy hisobda 654 405 kishida koronavirus qayd etilgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha Moskva shahri (611 kishi), Moskva viloyati (301 kishi), Sankt-Peterburg (262 kishi), Xanti-Mansisk avtonom okrugi (261 kishi) yetakchilik qilmoqda.

So‘nggi sutkada COVID-19 bemorlarining 216 nafari vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan buyon Rossiya 9 536 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Tuzalganlarning umumiy soni esa 422 931 kishini tashkil qilmoqda, so‘nggi sutkada bemorlarning 10 281 nafari sog‘ayib, kasalxonadan javob berilgan.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha sutka davomida 289,7 mingta, umumiy hisobda esa 19,8 millionta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют