» » Prezident devoni xizmati Shayxontohur tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Prezident devoni xizmati Shayxontohur tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Prezidentning Toshkent shahri va Shayxontohur tumanidagi Xalq qabulxonalari tomonidan poytaxt aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi sahifasida ma’lum qilindi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, davlat qo‘mitalari rahbarlari, Toshkent tumanlari hokimliklari mas’ul xodimlari, fuqarolar ishtirok etdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bugungi kungacha Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi aholidan jami 15 978 murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyatini uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish, uy-joylarning ta’mirga muhtojligi (22,7 foiz), bank-moliya va soliqqa tortish (9,5 foiz), moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish (6,6 foiz), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi (5,6 foiz), mehnat va bandlik (4,4 foiz), obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi, jumladan, yo‘llarning ta’mirlanishi (3,5 foiz) masalalarini tashkil etdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 6 625 tasi Shayxontohur tuman hokimligiga tegishli. Ularning 5 510 tasi (83,2 foizi) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 1 115 ta (16,8 foiz) murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida. Murojaatlarning 4 864 tasiga muddati buzilgan holda javob berilgan.

Shayxontohur tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash tizimi to‘g‘ri tashkil etilmagani, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilish ishlariga malakali kadrlarni jalb etilmagani hamda tahlil ishlarining yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida jami 447 ta muddati o‘tgan murojaat mavjud bo‘lib, shundan 178 tasi 2016-yildan o‘tgan, 269 tasi esa joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida kelib tushgan.

Ochiq muloqotda tumanlarda murojaatlar bilan ishlash, odamlarning ichiga chuqur kirib borish, ularni tinglash, yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish borasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют