» » Fotogalereya: Shanxay avtosalonidagi elektromobillar

Fotogalereya: Shanxay avtosalonidagi elektromobillar


“Vc.ru” nashri Shanxay avtosalonida namoyish etilgan yangi elektromobillar konseptlari fotojamlanmasini taqdim etdi.

I.D. Crozz elektrokar konsepti to‘liq quvvat bilan 500 kilometrgacha harakatlanish imkonini beruvchi ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan. Akkumlyator 30 daqiqada 80 foizga quvvatlanadi. Mashinaning eng yuqori tezligi — 180 km/soat.

Avtomobilning orqa eshiklari harakatlanadi. Konseptda old va orqa eshiklar o‘rtasida ustun yo‘q.

Avtomobil salonida fizik tugma mavjud emas, faqat 10,2 dyuymli ekran va proyeksion displeyli 5,8 dyuymli uskunalar paneli bor. Avtopilot rejimida rul uskunalar paneli orqasiga yashirinadi.

Vision E krossoveri I.D. Crozz bilan bir xil modul platformasida loyihalashtirilgan. To‘liq quvvat bilan yurish masofasi va eng yuqori tezlik ham I.D. Crozz bilan bir xil, ya’ni 500 kilometr va 180 km/soat.

Audi namunasi 4,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. To‘liq quvvat bilan yurish masofasi 500 kilometrni tashkil qiladi.

2020-yilgacha kompaniya uchta elektrokarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Q6 e-tron yo‘ltanlamasi 2018-yilda, Sportback 2019-yilda, shahar elektr avtomobili esa 2020-yilda dunyo yuzini ko‘radi.

Elektromobil Xitoyning Nio kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Muhandislar avtomobilning texnik tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq ES8’ning batareyalarini quvvatlash shoxobchasida tezkorlik bilan almashtirish mumkin.

Kompaniya vakillari avtomobilni seriyali ishlab chiqarish 2018-yilda boshlanishini ma’lum qildi.

Konsept har bir g‘ildirakka to‘g‘ri keladigan to‘rtta elektrodvigatel bilan jihozlangan. To‘liq quvvat bilan 480 kilometr masofani bosib o‘tadi, eng yuqori tezlik esa 260 km/soat. Avtomobil 2,6 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.

K-EV’ning chap tarafida faqat bitta haydovchi uchun eshik bor. O‘ng tomonda esa yo‘lovchilar uchun harakatlanuvchi eshiik bor.

Chevrolet’ning gibrid namunasi faol aerodinamika tizimi bilan jihozlangan. Harakat vaqtida kompyuter sloyler qayrilishini, yon panellarni, old panjara qarshiligini, g‘ildirak disklaridagi cho‘tkalarni tartibga solib turadi. Bu aerodinamikani yaxshilash va avtomobil harakati uchun talab qilinadigan energiya sarfining kamayishi uchun qilinadi.

Mashina uni yo‘l chetida boshqarishi mumkin bo‘lgan avtopilot bilan jihozlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют