» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilarining qabuli 6-iyuldan boshlanadi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilarining qabuli 6-iyuldan boshlanadi


O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni 6-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish pandemiya sharoitini inobatga olgan holda

Qayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yilida respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishining oldini olish maqsadida Toshkent shahrida 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni 5-iyuldan “qabul.maktab.uz” sayti orqali tajriba-sinov tariqasida onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Ta’kidlanishicha, qabul amalga oshiriladigan yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish bilan bog‘liq savollar, taklif va shikoyatlar yuzasidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga murojaat etish mumkin.

“Ota-onalardan maktablarga tashrif davomida karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hamda ijtimoiy masofa saqlash so‘raladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga qabul jarayoni boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют