» » Superliga. “Bunyodkor” Andijonda ochko yo‘qotdi, “Qo‘qon-1912” va “Lokomotiv”da g‘alaba

Superliga. “Bunyodkor” Andijonda ochko yo‘qotdi, “Qo‘qon-1912” va “Lokomotiv”da g‘alaba


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 7-turidan o‘rin olgan 1-iyul, chorshanba kungi bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Lokomotiv” o‘z uyida “Qizilqum”ni qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining utsunligida o‘tdi, biroq birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan so‘ng “temiryo‘lchilar” uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ularga Avaz O‘lmasaliyev, Kirill Pogrebnyak va Diyor Turopov mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Lokomotiv” ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” (1) esa so‘nggi pog‘onada bormoqda.

“Bunyodkor” esa “Andijon” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Mazkur durangdan so‘ng “Bunyodkor” (13) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini ko‘kka sovurdi va 4-pog‘onaga tushib ketdi. “Andijon” esa (4) 11-o‘ringa ko‘tarildi.

“Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Mash’al” bilan bahs yuritdi. Unda Murod Xolmuhammedovning dubli mezbonlarga g‘alaba olib keldi.

Qo‘qon shahri jamoasining ochkolari 15 taga yetdi va Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari peshqadam “Paxtakor”ga yetib oldi.

Coca-Cola Superliga

7-tur bahslari

1-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0 – 70 O‘lmasaliyev, 2:0 – 87 Pogrebnyak, 3:0 – 89 Turopov.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov, Davron Umirov, Kaxi Maxaradze, Kirill Pogrebnyak, Avazbek O‘lmasaliyev, Davron Hoshimov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev (Javohir Alijonov 79), Diyor Turopov, Farruxjon Ibrohimov (Kamron Saidazimov 86).

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Qadamboy Nurmetov, Fayzullo Qambarov (Doniyor Usmonov 88), Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Aziz Usmonov, (Muhsin Ubaydullayev 34.), Makkartni Naveseb, Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov (Doston Ibragimov 66).

Ogohlantirishlar: Shaymanov (35), Ibrohimov (51), Ubaydullayev (52).

“Andijon”: Islombek Abdullayev, Farhod Mirahmatov, Jamshid Hasanov (Muhammad Yo‘ldoshev, 90), Farhod Bekmuratov , Emmanuel Arivchukvu, Mishel Ibe, Abdullo Olimov (Qahramon Bahodirov, 72), Usmonali Ismonaliyev (Siroj Meliyev, 72), Timur Usmonov (Artyom Litvyakov, 78), Jahongir Abdumo‘minov (Xushnudbek Avilov, 78), Dmitro Zozulya.

“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yuldashev, Jasur Jaloliddinov (Farrux Ikromov, 64), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov (Suhrob Izzatov, 83), Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullayev, Selim Nurmuradov (Anvar G‘ofurov, 64), Shahboz Erkinov (Humoyun Murtazoyev, 83).

Ogohlantirishlar: To‘xtasinov (39), Hasanov (40), Bekmurotov (73), Yuldashev (85), To‘rayev (85).

Chetlatish: To‘xtasinov (59).

Gollar: 1:0 – 53, penalti Xolmuhammedov, 2:0 – 88 Xolmuhammedov.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Boburjon Akbarov, Sobit Sindarov ( Avazxon Mamatxo‘jayev, 66), Shohnazar Norbekov (Iqboljon Malikjonov, 66), Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov, 85), Quvondiq Ro‘ziyev (Yakuba Bamba, 85), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayevats ( Hamidillo Abduhamidov, 73), Murod Xolmuhammedov.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov (Sirojiddin Rahmatullayev, 68), Ifeani Ifeani, Ella Ken Armand (Sherzod Temirov, 63), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziyev (Ahror Inoyatov, 81), Samandar Shukurillayev, Denis Vasilev, Didar Durdiyev (Mo‘minjon Meliyev, 68), Jahongirbek Abdusalomov.

Ogohlantirishlar: Ifeani (31), Armand (48), Normurodov (55).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют