» » Vadim Abramov: Bunday ob-havoda 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin

Vadim Abramov: Bunday ob-havoda 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvidan (0:0) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Chetlatishga qadar va undan keyin ham g‘alabaga yaqin edik. Afsuski yuzaga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Bunday ob-havoda o‘n kishi bo‘lib o‘ynash qiyin. Maydon ham tezkor futbol o‘ynashga imkon bermadi, to‘p ko‘p vaziyatlarda to‘xtab qoldi. Balki maydonga moslasha olmagandirmiz.

Anvar G‘ofurov yoshini inobatga olib va oldinda tig‘iz taqvim kutib turgani sabab, uni zaxirada qoldirgandik. Qizil kartochkadan keyin esa uni tushirishga to‘g‘ri keldi”, — deydi Abramov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Diyor Mirzaboyev qatnashdi.

“Bunyodkor”ga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Ular o‘n kishi qolib ham hujumlardan to‘xtamadi. Futbolchilarimizning nima sababdan sust harakat qilganini uchrashuv videolavhalarini o‘rganib chiqib, bilib olamiz.

Hujum chizig‘i? Bizda ikki hujumchi bor. Har bir murabbiylar shtabi tarkibdagi mavjud futbolchilardan foydalanadi. Bizda bori shu.

Raqib kamchilikda harakat qilgan bo‘lsa ham golli vaziyatlar sodir eta oldi. Shu sabab bir ochko qo‘lga kiritdik deb hisoblayman”, — deydi mutaxassis.

Mazkur durangdan so‘ng “Bunyodkor” (13) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini ko‘kka sovurdi va 4-pog‘onaga tushib ketdi. “Andijon” esa (4) 11-o‘ringa ko‘tarildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют