» » Qimmat virus blokator virusdan qay darajada himoya qilishi haqida ma’lumot berildi

Qimmat virus blokator virusdan qay darajada himoya qilishi haqida ma’lumot berildi


AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beyj (virus blokator) sotilmoqda. Aytishlaricha, u 2 metr masofagacha virusdan himoya qilarmish. Beyj sotib olishga arziydimi?

“Virus blokator — Yaponiyada kashf qilingan individual beyj, hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari ham uni ishlab chiqarmoqda. Kashfiyotchilarning ta’kidlashicha, beyjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga va bakteriya, virus va qo‘ziqorinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.

Afsuski, bunday bayonotlar beyjlar haqiqatdan ham inson atrofida tozalikni ta’minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug‘ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni sepish kerak, plastik yoki qog‘ozga kiritish emas. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalashi aytilmoqda”, — degan Habibulla Oqilov.

Oqilov “O‘zbekistonda PZR testlar faqatgina koronavirus qo‘zg‘atuvchisini aniqlaydimi yoki gripp va boshqa infeksiyalarni ham aniqlashi mumkinmi?”, — deya berilgan savolga ham javob qayratgan.

“PZR test diagnostikasi nafaqat koronavirusni tekshiradi, balki barcha virus va bakteriya qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklarni aniqlab beradi. Koronavirus va gripp kassaligi o‘xshash, shuningdek farqli tomonlari ham ko‘p, ammo gripp qo‘zg‘atuvchisini ham PZR usuli bilan aniqlab ajratish mumkin”, – degan shtab a’zosi.

Shuningdek, brifingda loronavirusning yengil darajasi bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga ham oydinlik kitirildi.

“Haqiqatdan, 5-iyuldan boshlab O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashning yangi tartibi joriy qilinadi. Bemorlar uch toifaga bo‘linadi:

O‘rta darajadagi va kasallik alomatlari bo‘lmagan bemorlarga u shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda va zarur shart-sharoit mavjud bo‘lganda uy sharoitida davolanishga ruxsat beriladi. Yengil darajadagi va kasallik alomati bo‘lmagan bemorlar 10 kun ichida infeksiyaning klinik belgilari kuzatilmasa kasalxonadan chiqariladi.

Virus tasdiqlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar 14 kunlik karantinni uyda yoki mehmonxonada o‘tkazishlari mumkin.

IIV, Milliy gvardiya va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimlari uy sharoitida davolanayotganlarni nazorat qilishadi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi”, – deydi Habibulla Oqilov.

23-iyunda O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkazilishi, kunlarning isishi koronavirusning yo‘q bo‘lishiga qanday ta’sir etishi ma’lum qilingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют