» » AQSh sudi Donald Tramp haqidagi “axloqsiz hikoyalar”ni o‘z ichiga olgan kitobni chiqarishni taqiqladi

AQSh sudi Donald Tramp haqidagi “axloqsiz hikoyalar”ni o‘z ichiga olgan kitobni chiqarishni taqiqladi


Nyu-York shtatining Pokipsi shahridagi sud AQSh prezidenti Donald Trampning jiyani, psixolog Meri Trampning “Juda ko‘p va hech qachon yetarli emas” deb nomlangan kitobini nashr etishni vaqtincha taqiqladi, deb xabar beradi Politico.

Sud prezidentning ukasi Robert Trampning da’vosini qondirgan. Robertning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kitob otasi katta Fred Tramp vafotidan keyin tuzilgan o‘zaro oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi oilaviy bitimga zid hisoblanadi.

Kitob 28-iyul kuni chiqarilishi kutilgan edi, ammo sud ushbu jarayon bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinguncha nashriyotga kitobni tarqatishni taqiqladi. Sud jarayoni qancha vaqt olishi noma’lum.

Mavzuga oid: Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida yutqazsa, nima bilan shug‘ullanishini aytdi

Meri Tramp “Juda ko‘p va hech qachon yetarli emas” kitobida o‘z oilasi va Donald Tramp haqida yozgan. Nashrning veb-saytidagi izohda aytilishicha, kitobda prezidentga tegishli “yurakni ezadigan va axloqsiz” hikoyalar mavjud.

Avvalroq Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Oq uydagi faoliyati va prezident haqida kitob yozgani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik Bolton bu kitob sotuvidan foyda olmasligini aytgan.

Sobiq maslahatchining kitobida Tramp prezidentlikka qayta saylanishi uchun Xitoy raisi Si Szinpindan yordam so‘ragani, shuningdek, prezident Buyuk Britaniyada yadro quroli borligini bilmagani haqida ma’lumotlar bor.

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa Jon Boltonning maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kitobini nashr etish to‘g‘risidagi qarorini qoralagan.

Mavzuga oid: AQSh prezidenti Donald Tramp suratga tushgan filmlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют