» » Hindiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

Hindiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi


2020-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida tegishli vazirlik va idoralar barcha zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda hamkorlikni davom ettirgani qayd etildi.

Mavzuga doir: Hindiston O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashda foydalanish uchun tibbiyot vositalarini taqdim qildi

Shuningdek, turli darajalardagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat so‘ngida Abdulaziz Komilov Santosh Jaga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Elchi ham Hindistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston elchisi Santosh Ja O'zbekistondagi missiyasini 2019-yil sentabr oyida boshlagan edi.

Mavzuga doir:  Abdulaziz Komilov Ukrainaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют