» » Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari 14 kunga yopiladi

Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari 14 kunga yopiladi


2020—2021-yillar Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida 3-iyuldan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘chadan o‘tuvchi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanmoqda. Bu haqda poytaxt shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur magistral issiqlik tarmog‘ining kapital ta’mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 17 ta avariya holati qayd etilgan. Ta’mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta’minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi.

Ish jarayonida Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘cha to‘liq yopiladi va ushbu yo‘nalishdagi avtotransport qatnovi asosiy yo‘ldan amalga oshiriladi.

“Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentning Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari qachongacha davom etishi to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют