» » Rasman: “Real” futbolchisi “Inter”ga o‘tdi

Rasman: “Real” futbolchisi “Inter”ga o‘tdi


“Real Madrid” himoyachisi Ashraf Hakimi faoliyatini “Inter”da davom ettiradigan bo‘ldi.

“Inter” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, marokashlik 21 yoshli himoyachi “Inter” bilan 5 yillik bitim imzolagan.

Qayd etilishicha, Hakimi uchun Milan klubi “Real”ga 40 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari futbolchining ishtirokiga qarab, madridliklar turli xil bonuslarga ham ega bo‘ladi.

Ashraf “Inter”da yiliga 5 million yevro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Hakimi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimida 2006-yildan beri harakat qilib kelardi. Bosh jamoa safida esa 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

So‘nggi ikki mavsumni bo‘lsa, himoyachi ijara asosida Dortmundning “Borussiya” klubida o‘tkazdi. Hakimi 2019/20-yilgi mavsumda Bundesliganing 32 ta o‘yinida qatnashib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют