» » Video: Asakada 25 yoshli yigit tengdoshini pichoqladi. Mojaro bir qiz tufayli yuz bergan

Video: Asakada 25 yoshli yigit tengdoshini pichoqladi. Mojaro bir qiz tufayli yuz bergan


Andijon viloyati Asaka tumanida sodir bo‘lgan pichoqbozlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 22-iyun kuni soat 10:00 da 25 yoshli S.N. Asaka tumani “Beruniy” MFY hududida joylashgan “Sulton Saroy” kafesi oldida tanishi 25 yoshli D.O.ga tanish qizga nima uchun qo‘ng‘iroq qilganligini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashib ketgan.

Mavzuga doir: 

Janjal vaqtida S.N. yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan D.O.ning o‘ng orqa ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat Asaka tumani IIBning jinoyat haqidagi hodisa va xabarlar ro‘yxatidan o‘tkazilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.N.dan bir dona xo‘jalik pichog‘i hamda D.O.dan hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Sudga oid ekspertiza xulosasiga ko‘ra, D.O. o‘rtacha og‘ir turdagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni qurol sifatida qo‘llash bilan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi “Archa-ko‘cha”da yuz bergan pichoqbozlik ishtirokchisi janjal tafsilotlarini aytib bergan edi.

Mazvuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют